O‘zbekiston | 13:20 / 08.10.2022
7883
2 daqiqa o‘qiladi

Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatiga 5 mlrd dollargacha investitsiya kiritishi mumkin

Foto: Dunyo

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Janubiy Koreyaning Daewoo Construction Group kompaniyasi raisi Jung Von Ju boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda “Dunyo”.

Muloqotda xorijlik hamkorlarning "aqlli shahar" tamoyili bo‘yicha zamonaviy uy-joy majmualarini qurish, issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari, neft va gaz, neft-kimyo va boshqa sanoat majmualarini qurish sohalariga 5 milliard dollargacha to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni kiritish bo‘yicha taklif va imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Nurafshon biznes siti"da ko‘p qavatli "aqlli uylar" hamda biznes va savdo markazlarini qurish konsepsiyalari, Bo‘stonliq va Ohangaron tumanlarida turizm yo‘nalishida mehmonxonalar, dam oluvchilar uchun ko‘ngilochar maskanlarni qurish borasidagi takliflar taqdim etildi.

Viloyatda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yer maydonlari suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan yirik hajmdagi suv omborlarini qurish imkoniyatlari o‘rganiladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid