O‘zbekiston | 16:55 / 27.10.2022
7118
3 daqiqa o‘qiladi

Gross sug‘urta kompaniyasi TAF!2022 reklama festivalida 3ta mukofotni qo‘lga kiritdi

Foto: Gross

Gross sug‘urta kompaniyasi to‘rtinchi Toshkent TAF!2022 reklama festivalida uchta mukofot sohibi bo‘ldi. Festival O‘zbekistonda yagona eng yirik reklama namoyishiga aylandi. Gross kompaniyasi iste’molchilar va xalqaro professional hakamlar hay’atiga o‘z reklama kampaniyalarini namoyish qilish hamda o‘z ishlariga yuqori baho olish imkoniga ega bo‘ldi.

Foto: Gross

Marketing sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan professional baholash yakunlariga ko‘ra Gross kompaniyasining «Har yo‘l — oq yo‘l» reklama kampaniyasi 3ta mukofotga sazovor bo‘ldi. Halqaro hakamlar hay’ati «Milliy qadriyatlar qo‘llangan kampaniya» nominatsiyasida «Platina» mukofotini, mamlakatimiz hakamlar hay’ati esa «Yangi mahsulot yoki xizmatlarni joriy qilish» nominatsiyasida «Oltin» hamda « Digital kampaniya» nominatsiyasida «Bronza» mukofotini berishga qaror qildi. Reklama kampaniyasi Synthesis kreativ agentligi ishtirokida amalga oshirildi va Mubinov video-prodakshen (Snova — prodakshn) tomonidan hayotga tatbiq qilindi.

Xalqaro hakamlar hay’ati a’zolari reklama roligi ijrosida yuqori darajada professionallik namoyon etilganini va o‘zbek milliy qadriyatlaridan hamda mentalitetining o‘ziga xos jihatlaridan saviyali foydalanilganligini alohida qayd etdi.

Foto: Gross

Rolik dam olishga chog‘langan oila haqida qiziqarli tarixni hikoya qiladi. Bu bilan kompaniya odamlarga sug‘urta bilan himoyalanish haqida qadriyatlarni singdira olgan.

Foto: Gross

Gross sug‘urta kompaniyasi jamoasi g‘oyadan boshlab, uni ro‘yobga chiqarish va ommalashtirishning har bir bosqichida reklama kampaniyasini yaratish va ishga tushirishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha-barchaga, shuningdek Toshkent reklama festivalini o‘tkazganligi uchun O‘zbekiston marketing uyushmasiga hamda o‘z tanlovini amalga oshirgan hay’at a’zolari bo‘lmish ekspertlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Shuni doimo yodda tutingki, Gross bilan: «Har yo‘l — oq yo‘l» .

Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi: 1166.

Sayt: gross.uz

Facebook: fb.com/grossuz

Instagram: @gross.uzb

Telegram: t.me/grossuzb

Telegram-bot: t.me/grossrobot

Reklama

Mavzuga oid