O‘zbekiston | 13:10 / 27.10.2022
10621
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27 oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda mintaqa mamlakatlarining yetakchilari va Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ishtirok etadi.
Sammitda siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.