O‘zbekiston | 08:24 / 01.11.2022
7670
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda Hindiston oliy ta’lim muassasasi ish boshlaydi

O‘zbekistonning Dehlidagi elchisi Dilshod Ahadov Hindistonning “Acharya” institutlar tarmog‘i ijrochi direktori Vishesh Chandrashekxar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

1990 yilda tashkil etilgan Acharya instituti tarmog‘i Bangalor shahridagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Acharya institutlari tarmog‘ida 75 mamlakatdan 15 mingdan ziyod talaba tahsil oladi. Ta’lim 100 dan ortiq o‘quv dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

Vishesh Chandrashekxar O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magi bilan olib borilgan muzokaralardan so‘ng O‘zbekistonda xalqaro Acharya universitetini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Uchrashuvda ushbu kelishuvni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Buxoro viloyatida raqamli texnologiyalar sohasida O‘zbekiston-Hindiston universiteti ochilishi ilg‘or xalqaro ta’lim texnologiyalarini respublikaga joriy qilishga ko‘maklashishi qayd etildi.

Mavzuga oid