Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni aeroportda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Bugun O‘zbekiston prezidenti Turkiya yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.
10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
00:08 / 30.10.2024
Turkiya tashqi tahdidlarning oldini olish uchun yangi harbiy platformalar yaratadi
11:30 / 26.10.2024