O‘zbekiston | 13:24 / 14.11.2022
5485
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 14 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:01 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 40,51 gradus shimoliy kenglik; 72,69 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 304 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 17 km;
  • Buloqboshi tumanida 2-3 ball, 20 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 25 km.

Mavzuga oid