Yevroparlament Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oldi
Yevroparlament deputatlarining aksariyati Golodomorni ukrainaliklarning genotsidi sifatida tan olish haqidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.
Yevroparlament Golodomorni Ukraina xalqining genotsidi sifatida tan oldi. 15 dekabr, payshanba kuni parlamentning 507 nafar deputati tegishli rezolyutsiya uchun, 12 nafari esa qarshi ovoz berdi, deya xabar beradi DW muxbiri Strasburgdan.
Xuddi shunday qaror allaqachon bir qator davlatlar tomonidan qabul qilingan. 30 noyabr kuni Germaniya Bundestagi tegishli rezolyutsiya uchun ovoz berdi. «Golodomor totalitar tizimlarning mizantropik jinoyatlari ro‘yxatiga kiradi, buning natijasida 20-asrning birinchi yarmida Yevropada millionlab odamlar halok bo‘ldi. Nafaqat g‘alla hududlari, balki butun Ukraina ochlikdan aziyat chekdi. Bugungi kun nuqtayi nazaridan, bu tarixiy va siyosiy rejada genotsid sifatida belgilanishi kerak», deya ma’lum qildi Berlin.
SSSRda Iosif Stalin hukmronligi davrida amalga oshirilgan qishloq xo‘jaligini majburiy kollektivlashtirish natijasida 1932-33 yillarda mamlakatda ommaviy ocharchilik yuzaga keldi, millionlab odamlar uning qurboni bo‘ldi. Ukraina nuqtayi nazaridan, bu falokat Sovet Ittifoqi rahbariyati tomonidan ataylab qo‘zg‘atilgan.
Golodomor uzoq vaqtdan beri Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi asosiy bahs mavzusi bo‘lib kelgan. Moskva Kiyevning yirik ocharchilik qurboni faqat ukrainaliklar bo‘lgan degan fikrini rad etib, Markaziy Osiyo va Rossiyadagi millionlab odamlar ham ocharchilikdan jabr ko‘rganini da’vo qiladi.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024