Andijonda poyezd «Damas» avtomobilini urib yubordi
Hodisa oqibatida Damas ag‘darilib ketgan va haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 17 dekabr kuni soat 13:50larda Andijon viloyati Izboskan tumani hududidan o‘tgan "Poytug‘" temiryo‘l oralig‘i 169-km 10 piketda joylashgan qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida elektrovoz hamda Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro B.Yo. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli avtomashinasida temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtida tuman tushgani sababli harakatlanib kelayotgan elektrovozni ko‘rmay qolishi oqibatida uning yo‘liga chiqib yuborgan.
Hodisa oqibatida Damas haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq, Andijonda YHXB xodimi o‘z mashinasida ikki fuqaroni urib yuborib, oqibatda yo‘lovchilardan biri vafot etgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
11:38 / 25.10.2024
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
15:50 / 21.10.2024
Andijon va Toshkentda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:54 / 20.10.2024