Ukraina Xarkivda diversantlarni qidirish bo‘yicha operatsiyani e’lon qildi
Ukraina Xavfsizlik xizmati ("SBU") 9-10 yanvar kunlari Xarkiv tumanlaridan biri hududida terrorizmga qarshi qo‘poruvchilik tadbirlarini o‘tkazadi, deb xabar berdi "SBU" viloyat bo‘limi matbuot xizmati Facebook'da.
Harbiy texnika, qurol-yarog‘ va radiotexnika vositalarini jalb etgan holda tadbirlarda "SBU"dan tashqari, harbiy qo‘mondonlik va nazorat organlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ham ishtirok etadi, deyiladi xabarda.
Rejalashtirilgan tadbirlardan maqsad «Xarkiv tinch aholi xavfsizligini ta’minlash, muhim infratuzilma obektlari xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, ehtimoliy qo‘poruvchi guruhlarni aniqlash va qo‘lga olish»dir.
Qayd etilishicha, ushbu tadbirlar davomida shaharning ayrim ko‘chalari bo‘ylab o‘tish yoki harakatlanish cheklanishi, fuqarolarning hujjatlari va transport vositalari tekshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:38
«Ukrainasiz bo‘lsa - yo‘q». Harris urushni yakunlash masalasida Putin bilan bevosita muzokara olib bormasligini aytdi
12:20
RFda 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun salkam 7 yilga qamaldi
11:00
Slovakiya bosh vaziri Ukrainaning YeIga kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
22:37 / 07.10.2024