Iqtisodiyot | 12:35 / 10.01.2023
23214
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat budjeti xarajatlari oshirildi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Getty Images

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan 2022 yil uchun:

O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarining cheklangan sof hajmi 12 trln so‘m miqdorida belgilanmoqda;

O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilanmoqda;

respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari 194,8 trln so‘m etib belgilandi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan.

Mavzuga oid