Buxoro viloyatida maktablar va oliy ta’lim muassasalarida qishki ta’til uzaytirildi
Buxoro viloyati hokimligi ota-onalar iltimosiga ko‘ra maktablar va boshqa ta’lim muassasalari ochilishi bo‘yicha qarorini qayta ko‘rib chiqdi.
Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari ochilishini 16 yanvarga kechiktirdi. Bu haqda viloyat hokimligi 12 yanvarga o‘tar kechasi xabar qildi.
«Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 11 yanvar kunidan an’anaviy tarzda o‘qish boshlangan edi.
Biroq sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16 yanvar kunidan boshlanishi belgilandi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16 yanvar kunidan boshlaydi.
5 yanvar kuni kuchli sovuq kutilayotgani munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirilgandi. Ammo 10 yanvar kuni hukumat hududiy hokimliklarga ta’til grafigini mustaqil belgilashga ruxsat bergani ma’lum bo‘ldi. Buxoro viloyati boshqa aksar hududlar qatori darslarni 11 yanvardan boshlashga qaror qilgandi. Faqat Farg‘ona viloyatida darslar 16 yanvardan, Sirdaryo viloyatida yuqori sinf o‘quvchilari uchun 13 yanvardan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 16 yanvardan, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda 12 yanvardan boshlanadigan bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 08.10.2024
Buxoroda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 21.07.2024
Buxoroda xorijdagi eriga jahl qilib, bolalarini kaltaklagan ayolga jazo qo‘llandi
10:17 / 10.07.2024