Toshkentliklar “svet” va gazsiz sovuqda qanday jon saqlamoqda?
Qariyb 10 kundan beri davom etayotgan anomal sovuqda jon saqlash oson kechayotgani yo‘q. Butun respublika bo‘ylab energorecurslar taqchilligi kuzatilmoqda. Kun.uz poytaxtning elektr energiyasi va gaz ta’minotisiz qolgan xonadonlarida bo‘lib, odamlar energiya ta’minotisiz qanday kun ko‘rayotgani bilan qiziqdi.
O‘zgidromet 17 yanvardan ayrim hududlarda kunduzgi havo harorati 2 daraja iliqqacha ko‘tarilishi haqida xabar bergan bo‘lsa-da, kechasi 10-17 daraja sovuq saqlanib turibdi. Qahraton qishda poytaxtliklar energiya ta’minotidagi uzilishlar girdobida qolgan, kechalari harorat -20 darajagacha tushib ketgan kunlarda jon saqlashning o‘zi bo‘lgani yo‘q.
Kun.uz Chilonzor tumanida yashovchi, sutkalab chiroqsiz o‘tirgan odamlar bilan suhbatlashdi, ular qanday sharoitda qahraton qahrini yengishayotgani bilan tanishdi.
Yosh bolasi bor aksariyat odamlar energota’minot bir qator yaxshiroq hududdagi qarindoshlarinikida yashab turishgan bo‘lsa, anomal sovuqda mehmonxonalardan panoh topganlar ham talaygina.
Qayergadir ko‘chib borish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar noiloj muzlagan uylarida qolishmoqda va qahratonda jon saqlashning o‘ziga xos usullarini o‘ylab topishmoqda.
Suratlar muallifi: Hasan Yusupov
Mavzuga oid
14:04
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
14:28 / 20.09.2024