O‘zbekiston | 00:00 / 10.02.2023
9874
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi - FVV 

Qor ko‘chkisi xavfi bartaraf etildi. 

Foto: FVV matbuot xizmati

9 fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi. 

«FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qamchiq dovoni soat 23:30 da avtomobillar harakati uchun qayta ochildi», deyiladi xabarda. 

Qamchiq dovoni 9 fevral kuni soat 13:30 dan qor ko‘chkisi xavfi tufayli transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgan edi. 

Mavzuga oid