O‘zbekiston | 14:47 / 20.02.2023
9068
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qohiraga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 20 fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Qohiradagi «Al-Ittihodiya» saroyida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar ustuvor sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar. Yakunda qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Davlat rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Mamlakatning eng qadimgi o‘tmishdan bugungi kungacha bo‘lgan davr tarixiga oid yodgorlik va buyumlarning boy to‘plamiga ega Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishish ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid