Jahon | 09:19 / 23.02.2023
9149
1 daqiqa o‘qiladi

BMT sudi Bokuga Lochin yo‘lagini ochib qo‘yishni tavsiya qildi

Ozarboyjon Armanistonni Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘lovchi tog‘ yo‘lagi bo‘ylab har ikki yo‘nalishda ham to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlashi kerak, deb qaror qildi Xalqaro sud raisi.

Foto: RIA Novosti

BMT Xalqaro sudi Ozarboyjon hukumatiga Armanistonni Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘laydigan yagona yo‘l – Lochin yo‘lagi blokadasini tugatishni buyurdi. Ozarboyjon yo‘lak bo‘ylab har ikki yo‘nalishda to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash uchun «o‘z ixtiyori bilan barcha choralarni ko‘rishi kerak», dedi Haaga sudi raisi Joan Donoxyu 22 fevral, chorshanba kuni.

Bundan tashqari, BMT organi Bokuning Armaniston tomonidan mintaqa hududi minalashtirilgani haqidagi shikoyatini rad etdi. Ozarboyjon o‘z da’vosiga dalil keltirmadi, deya tushuntirdi Donoxyu.

2022 yil 12 dekabrda o‘zlarini atrof-muhit faoli deb da’vo qilgan odamlar Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘yishgan. Ko‘plab xalqaro va gumanitar tashkilotlar vaziyatni hal qilishga urinishdi. Bosh sudya Donoxyuning ta’kidlashicha, blokada oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy materiallar tanqisligiga olib kelgan.

Mavzuga oid