Ukraina qurol importi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi
2022 yilda Ukraina qurol importi bo‘yicha dunyoda Qatar va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.
Umuman olganda, 2018 yildan beri besh yil davomida Ukraina jahon importining ikki foizli ulushi bilan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 14-o‘rinni egalladi.
Stokholm xalqaro tinchlik tadqiqoti instituti (SIPRI) yillik hisobotiga ko‘ra, Kiyevning eng yirik yetkazib beruvchilari AQSh (34 foiz), Polsha (17 foiz) va Germaniya (11 foiz) bo‘lgan.
Shu bilan birga, bosqindan keyin keskin oshgan Amerikaning Ukrainaga eksporti hali ham Amerika Qo‘shma Shtatlaridan Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va Yaponiyaga yetkazib berish hajmidan past.
Buning sababi, deb yozadi SIPRI, Qo‘shma Shtatlar bu mamlakatlarga ilg‘or va qimmatroq qurollarni, jumladan, jangovar samolyotlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini uzatmoqda.
Ukraina asosan eski qurollarni, shu jumladan Pentagon omborlaridan olgan.
Mavzuga oid
19:20 / 04.10.2024
Lukashenko Ukrainani qayta tiklashga yordam taklif qildi
11:40 / 04.10.2024
NATO yangi bosh kotibi Ukrainaga tashrif buyurdi
09:40 / 04.10.2024
NATO yangi bosh kotibi G‘arbning Ukrainaga yordamini kuchaytirishga va’da berdi
23:19 / 03.10.2024