O‘zbekiston | 23:00 / 15.03.2023
36773
3 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

U bungacha Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i edi. 

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Anvar Homitovich Oripov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Anvar Oripov 2003-2007 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olgan, 2007-2010 yillarda London shahrida Pimliko Akademiyasida ingliz tili kurslari tinglovchisi bo‘lgan.

Anvar Oripovning mehnat faoliyati

  • 2011–2012 yy. – Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Surxon Tola» mas’uliyati cheklangan jamiyati operatori;
  • 2012–2013 yy. – Toshkent viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi;
  • 2013–2014 yy. – Toshkent viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi;
  • 2014–2015 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi;
  • 2015–2017 yy. – Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;
  • 2017–2017 yy. – «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyati ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli shartnomalar tuzish va eksportga ortishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i;
  • 2017–2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari va axborot-tahlil departamenti Hududlarning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari shu’basining Tashqi savdo kompaniyalari va savdo uylari faoliyati masalalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi;
  • 2018 yildan – Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. 

Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida 2020 yil dekabridan buyon Fayzulla Mamanov ishlayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil martida Anvar Oripov Surxondaryo viloyatidagi tumanlardan biriga borganida olingan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan muhokama qilingandi. Foydalanuvchilar yomg‘ir vaqtida hokim o‘rinbosariga soyabon tutib turilgani, uning o‘zi atrofdagilarga hurmatsizlik bilan qarayotganini tanqid qilishgandi.

Mavzuga oid