Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida Ukrainaga yo‘l oldi
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 21 mart kuni Ukrainaga tashrif buyurish niyatida, deb xabar berdi Yaponiyaning NHK telekanali hukumat vakillariga tayanib.
Yaponiya hukumati rahbari prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Tashrif haqida avval xabar berilmagan.
Bundan oldin Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi.
22 jismoniy shaxs va uchta tashkilot - "Irkut" samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, "Avangard" Moskva mashinasozlik zavodi va "KamAZ" aktivlari muzlatildi.
Rossiya Federatsiyasiga robotlar, radioaktiv materiallar, shuningdek, yadroviy inshootlar, neft va tabiiy gazni qidirish uskunalari eksporti taqiqlandi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga portlovchi moddalarni aniqlash uchun uskunalar, portativ generatorlar, lazerli payvandlash mashinalari kiritildi.
Rossiyaga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalarni sotish taqiqlandi. Eksport cheklovlari 49 ta tashkilotga ta’sir qilgan.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024