O‘zbekiston | 11:36 / 30.03.2023
9919
1 daqiqa o‘qiladi

DXX qariyb 20 kg «opiy» kontrabandasiga chek qo‘ydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Videodan kadr

Xususan, o‘zbek-tojik davlat chegarasining Urgut tumani hududidan o‘tuvchi qismida mahalliy fuqaro ushlanib, undan mamlakatga qo‘shni Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan 19 kg 799 gr “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda mazkur fuqaroga nisbatan DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uning jinoiy aloqalarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Mavzuga oid