Jamiyat | 22:39 / 17.04.2023
29722
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda hokimlik vakili pichoqlangan bo‘lishi mumkin 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Andijon viloyati, Xonobod tumanida hokimiyat xodimi pichoqlangan bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bunday xabarga viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, 15 aprel kuni Xonobod shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Xabarda xodimning ismi-sharifi, lavozimi va ahvoli haqida ma’lumot berilmagan. Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda uning hokimlikka aloqasi yo‘qligi, respublika idoralaridan birida ishlashi haqida xabar tarqaldi. 

Jinoyat ishi yuzasidan bir shaxs gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Xonobod shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid