Jahon | 08:11 / 24.04.2023
9908
1 daqiqa o‘qiladi

Sevastopoldagi Qora dengiz flotiga dronlar hujum qildi

Qora dengiz floti Sevastopol yaqinida yerusti dronlarining tungi hujumini qaytardi, shaharning barcha xizmatlari to‘liq shay holatda. Bu haqda shahar “gubernatori” Mixail Razvojayev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. 

Videodan kadr

Keyinroq Razvojayev aniqlik kiritishicha, hujumga urinish Moskva vaqti bilan soat 3:30 da sodir etilgan, bir dron suvosti kemalariga qarshi mudofaa kuchlari tomonidan yo‘q qilingan, ikkinchisi esa o‘zidan o‘zi portlab ketgan.

Mash Telegram-kanali guvohlarga tayanib shaharda kuchli portlashlar eshitilgani haqida yozdi.

Eronning kamikadze uchuvchisiz uchoqlarining yangi partiyasini qabul qilib olgan Rossiya yaqindagi sukunatdan keyin Ukrainaga havo hujumlarini kuchaytirdi. Bu haqda Janubiy mudofaa kuchlarining birlashgan muvofiqlashtiruvchi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk aytib o‘tgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi belgilarga ega «Shahed-136» dronlaridan foydalanish Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan. 

Gumenyukning ta’kidlashicha, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinch aholi o‘rtasida keskinlikni saqlash, shuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topish uchun foydalanmoqda.

Mavzuga oid