Jahon | 12:14 / 29.04.2023
6649
2 daqiqa o‘qiladi

Bryussel: Rossiyaning tinch aholiga hujumi – harbiy jinoyat

Ukraina shaharlariga tungi raketa hujumidan so‘ng Yevropa komissiyasi qo‘mondonlar, ijrochilar va sheriklar Rossiyaning harbiy jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishiga ishontirdi.

Foto: Reuters

28 aprel, juma kuni Yevrokomissiya matbuot kotibi Piter Stanoning aytishicha, Rossiyaning tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumi harbiy jinoyat hisoblanadi. "Komandirlar, ijrochilar va sheriklar jazosiz qolmaydi. Hamma javobgarlikka tortiladi", dedi Stano Bryusseldagi brifingda.

U 28 aprelga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga bergan aviazarbalarini shunday izohladi: “Ular yana qo‘rqoqlarcha uxlab yotgan tinch aholiga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazishdi, bir necha kishini, jumladan, bolalarni o‘ldirdi va yarador qildi”.

Rossiya harakatlarining "vahshiyona va g‘ayriinsoniy tabiati"ni ko‘rsatish uchun Yevropa Komissiyasi va Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmati vakili jurnalistlarga bomba parchasini ko‘rsatdi: "Bu 500 kilogramm keluvchi bomba parchasi - Ukrainadagi fuqarolik obektlariga tashlanayotganlaridan biri. Uni bolalar maktab vayronalaridan topishdi. Bolalar parchalarni yig‘yapti va shunday jyevakcha qilishyapti, bu Rossiya Ukrainada uyushtirgan har bir portlashdan keyin nima qolganligini ko‘rsatish uchun amalga oshirilyapti".

28 aprel kuni soat 04:00 lar atrofida Rossiyaning Tu-95 strategik aviatsiyasi samolyotlari Kaspiy dengizi hududidan Ukraina bo‘ylab 23 ta X-101/X-555 qanotli raketalarini uchirdi, deb xabar qildi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari ulardan 21 nafarini urib tushirdi.

Mavzuga oid