O‘zbekiston | 10:15 / 11.05.2023
6768
2 daqiqa o‘qiladi
Qanday dori vositalari retsepsiz sotilishi aniqlashtirildi
Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan “Dori vositalarini retsept bilan va retsepsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq qabul qilindi.
Quyidagi dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi tomonidan retsepsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiladi:
- muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatlariga kirmaydigan dori vositalari;
- kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatida mavjud bo‘lgan moddalarni tarkibida saqlamagan dori vositalari;
- reproduktiv toksiklik, genotoksiklik va kanserogenlik xususiyatlariga ega bo‘lmagan dori vositalari;
- tibbiy kuzatuvsiz qo‘llanilganida inson organizmiga bevosita yoki bilvosita xavf tug‘dirmaydigan dori vositalari;
- ruhiy va jismoniy qaramlikni keltirib chiqarmaydigan dori vositalari;
- dori vositasini buyurish va iste’mol qilish shifokorning doimiy kuzatuvini talab etmaydigan dori vositalari;
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari mavjud bo‘lmagan dori vositalari;
- uzoq muddat qo‘llanilganida kumulyativ xususiyatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari;
- tarkibida keyinchalik tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladigan faol moddalarni saqlamaydigan dori vositalari;
- davolash-profilaktika muassasalarida qo‘llashga mo‘ljallanmagan dori vositalari;
- inson organizmida jiddiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaradigan dori vositalari bilan o‘zaro ta’sir qilmaydigan dori vositalari.
- Boshqa barcha dori vositalari retsept asosida beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritiladi.
Retsepsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilib boriladi.
Mavzuga oid
14:32 / 14.11.2024
Pokiston O‘zbekistonda "biotexnologik" dori vositalarini ishlab chiqarishi mumkin
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024