YeK sammitida Ukrainaning Rossiya agressiyasidan ko‘rgan yo‘qotishlari reyestri tuzildi
Emmanuel Makron Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukrainaga yetkazilgan zararlar reyestri yaratilishini e’lon qildi. U YeK mamlakatlarini Moskvani javobgarlikka tortish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Islandiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa Kengashi sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Ukrainaga yetkazilgan yo‘qotishlarning xalqaro reyestri yaratildi. Bu haqda 16 may, seshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi. U barcha mamlakatlarni hujjatlarni yuritishda faol ishtirok etishga chaqirdi, buning yordamida Moskva jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
O‘z navbatida, Germaniya kansleri Olaf Shols yangi reyestr Yevropa Kengashi mamlakatlariga “Ukrainani tiklash uchun zarur baza” yaratish maqsadida Rossiya Federatsiyasi yetkazgan zararni birgalikda qoplash imkonini berishini ta’kidladi. Xalqaro ma’lumotlar bazasi "umumiy ma’lumotlar" orqali aniqlik keltiradi, dedi Shols.
16 may kuni Islandiya poytaxti Reykyavikda Yevropa Kengashiga 46 a’zo davlat rahbarlarining to‘rtinchi sammiti boshlandi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi natijasida qit’ada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilishdan iborat. Sammit chog‘ida Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tajovuzidan ko‘rgan yo‘qotishlar reyestri yaratilgani haqida e’lon qilishlari oldindan ma’lum bo‘ldi. Ekspertlarning fikricha, bu Rossiyani moliyaviy javobgarlikka tortish uchun birinchi qadam bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:30 / 17.09.2024
Ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar reyestri joriy etiladi
08:06 / 27.05.2024
O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
18:42 / 13.05.2024
O‘zbekistonda pedofillar reyestri yuritiladimi? Bosh prokuratura prokurori javob berdi
12:17 / 05.01.2024