O‘zbekiston | 16:06 / 24.05.2023
12796
1 daqiqa o‘qiladi

Singapur prezidenti O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan Singapur prezidenti Halima Yoqub 24 may kuni Toshkentda mamlakatdagi diniy konfessiyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto: O‘zA

O‘zAning ma’lum qilishicha, muloqotda O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy konfessiyalar rahbarlari qatnashgan.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

Mezbonlar O‘zbekistondagi diniy sohadagi yangilik va qulaylik haqida ma’lumot bergan bo‘lsa, Halima Yoqub diniy bag‘rikenglik borasida O‘zbekistonning tashabbuslari e’tirof etilayotganini qayd etgan.

Mavzuga oid