Jahon | 07:43 / 26.05.2023
12016
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya tomonidan egallab olingan Berdyanskda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi

Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Berdyanskda kuchli portlashlar sodir bo‘ldi. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiyaning bir nechta S-300 zenit-raketa komplekslari yo‘q qilingan

“Ukraina Qurolli kuchlarining o‘ta aniq ishi tufayli bosqinchilar S-300 qurilmalarini yo‘qotdi”, — deb xabar berdi Berdyansk shahar harbiy ma’muriyati.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolarda portlash ovozlari eshitilgan, fotosuratlarda esa kuchli olovni ko‘rish mumkin. Ikkilamchi portlashlar haqida xabar berilgan. 

Rossiya tomonidan tayinlangan “hokimiyat” va Rossiya davlat matbuoti shahar chekkasida portlashlar sodir bo‘lganini tasdiqlamoqda. 

Berdyansk Azov dengizi sohilida, front chizig‘idan 100 km uzoqlikda joylashgan.

Mavzuga oid