Messi «PSJ»ni tark etmoqda
Lionel Messi mavsum yakunida «PSJ»ni tark etishi oydinlashdi.
Parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte Fransiya chempionati so‘nggi turi doirasidagi «Klermon»ga qarshi o‘yin oldidan argentinalik 35 yoshli forvard mavsum yakunida jamoani tark etishini tasdiqladi.
«Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchini boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldim. «Klermon»ga qarshi o‘yin Messining «Park de Prens»dagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ladi. Ishonamanki, Lionelni stadion o‘zgacha tarzda kutib olib, chiroyli xayrlashadi», - deydi Galte.
Messi 2021 yil Fransiya klubiga o‘tib, ikki mavsum davomida jamoa sharafini himoya qildi.
Avvalroq, Lionelga «Barselona» va Saudiya Arabistoni klubidan jiddiy taklif borligi haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:28 / 19.09.2024
«Siti» gol urolmadi, «PSJ»ga kulgili gol yordam berdi. YeChLda kun o‘yinlari
23:48 / 10.05.2024
«7 yillik faoliyatimdan keyin menga yangi chaqiruv kerak». Mbappe «PSJ»ni tark etishini rasman e’lon qildi
16:27 / 15.03.2024
YeChL chorakfinal va yarimfinaliga qur’a tashlandi
19:44 / 04.02.2024