DXX Samarqand va Sirdaryoda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
Barcha holatlarda narkotik moddalar mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, unda mahalliy fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, xonadonda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 437 gr “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Boshqa holatda esa Urgut tumanida yashovchi ikki fuqaro qo‘lga olinib, ulardan ham kelgusida sotilishi rejalashtirilgan 995 gr “opiy” moddasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Uchinchi holatda esa Urgut tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro 581 gr “opiy” moddasini 6 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Surxondaryo–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi “Sirdaryo” YPX maskanida to‘xtatildi.
Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan 3 nafar fuqaro ketayotgan mazkur avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida bo‘lgan qopdagi guruch ichida 1 kg “gashish” moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Barcha holatlarda narkotik moddalar mamlakatga Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:25 / 09.11.2024
Samarqandda Qurolli kuchlar xizmatchisi, soliqchi, Milliy gvardiya va kadastr xodimlari pora bilan ushlandi
16:46 / 09.11.2024
Uchta viloyat va Toshkent shahrida giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
10:23 / 07.11.2024
DXX: Qo‘qonda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari ozodlikdan mahrum etildi
14:41 / 06.11.2024