«Karimovlar ishi»: sud noma’lum muddatga qoldirildi
Pyotr Karimov vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo yuzasidan Tatyana Karimovani sudga bergandi. Taraflarning iltimosiga ko‘ra sud yopiq tarzda ko‘riladigan bo‘ldi.
Bugun, 26 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimovaga nisbatan ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan fuqarolik ishi noma’lum muddatga qoldirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sud javobgar taraf (Tatyana Karimova) rasmiy vakilining arizasiga ko‘ra, noma’lum muddatga qoldirildi. Shuningdek, tomonlar sud majlisi yopiq tarzda ko‘rilishini so‘ragan. FIB Yakkasaroy tumanlararo sudi rasmiylari bugungi sud jarayoniga ikkala taraf ham kelmaganini bildirdi.
Sud ishida da’vogar Islom Karimovning birinchi nikohidan bo‘lgan farzandi Pyotr Karimov bo‘lib, u vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo yuzasidan mamlakatning sobiq 1-raqamli xonimi Tatyana Karimovaga nisbatan sudda da’vo qo‘zg‘agandi.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
19:12 / 31.10.2024