O‘zbekiston | 19:02 / 26.06.2023
7523
1 daqiqa o‘qiladi

Talimarjonda quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi 

Bu esa yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga imkoni beradi. 

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Talimarjon Issiqlik elektr stansiyasida energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish orqali o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasini quyosh panellari orqali qoplash choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Shu maqsadda quvvati 1 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Mazkur yashil stansiya ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha 1,8 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu esa yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga imkon beradi. 

Quyosh fotoelektr stansiyasiga monokristall turidagi 1500 dan ortiq panellar o‘rnatilgan bo‘lib, stansiya On-Grid rejimida ishlashga mo‘ljallangan (quyosh panellaridan elektr energiyasi 220 volt va 50 gersli kuchlanishga aylantirilib, tarmoqqa uzatiladi). 

Mavzuga oid