O‘zbekiston | 09:49 / 19.07.2023
3288
1 daqiqa o‘qiladi

Shanhayda O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi masalalari muhokama qilindi

O‘zbekistonning Shanhay shahridagi Bosh konsulxonasida Xitoyning Anxoy provinsiyasi xalq hukumati tashqi ishlar boshqarmasining bosh direktori o‘rinbosari Sialin Yan bilan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo

Unda respublika hududlari va Xitoyning Anxoy provinsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Sialin Yan muqobil energetika, yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish, oliy ta’lim, innovatsiyalar, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari va boshqa qator sohalardagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish tomonlar uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tomonlar har ikki mamlakatda mavjud bo‘lgan sayyohlik salohiyatini nazarda tutgan holda O‘zbekiston hamda Anxoy provinsiyasidagi yetakchi sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliy aloqalarni o‘rnatishga kelishib oldi.

Mavzuga oid