Buyuk Britaniya Oleg Tinkovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi
Ukrainaga urushi boshlanganidan beri Buyuk Britaniya birinchi marta yirik rossiyalik tadbirkorga nisbatan qo‘llagan jazo choralarini bekor qilmoqda.
Buyuk Britaniya rossiyalik tadbirkor Oleg Tinkovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi, deb xabar berdi Britaniya hukumati sayti 20 iyul, payshanba kuni. Tinkovning ismi yangilangan sanksiyalar ro‘yxatida ko‘rinmadi. Hujjatda sanksiyalarni bekor qilish sababi ko‘rsatilmagan. Biznesmen tomonidan yaratilgan, urushdan keyin milliarder Vladimir Potanin tuzilmalariga sotilgan «Tinkoff bank» hali ham cheklovlar ostida.
Oleg Tinkovga qarshi sanksiyalar 2022 yil martida, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay joriy qilingan. Ayni paytda tadbirkor bu urushga qarshi bir necha bor bayonot bilan chiqqan. May oyida u Rossiya bilan xayrlashgani haqida post e’lon qildi, u yerda, o‘z so‘zlari bilan aytganda, «hech narsasi qolmagan». 2022 yil oktyabr oyida Tinkov Rossiya fuqaroligidan voz kechganini aytdi.
Tinkov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga sanksiyalarni bekor qilish talabi bilan murojaat etgan. Bloomberg yozishicha, tadbirkor o‘zidan sanksiyalar olib tashlanishi «g‘arb sanksiyalari barcha rossiyaliklarga emas, faqat urushni qo‘llab-quvvatlovchilarga qarshi qaratilganligidan dalolat beradi», deb aytgan.
Britaniyalik milliarder va Virgin Group asoschisi Richard Brenson hamda rossiyalik siyosatchi Mixail Xodorkovskiy ham Oleg Tinkovga qarshi sanksiyalarni bekor qilish iltimosi bilan Londondagi hukumatga murojaat etdi. Urush boshlanganidan beri Buyuk Britaniya birinchi marta yirik rossiyalik tadbirkorga nisbatan qo‘llagan jazo choralarini bekor qildi.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024