Sport | 20:26 / 22.07.2023
21174
1 daqiqa o‘qiladi

Ayollar shaxmat toji xitoylik sportchida qoldi

Ju Venjun jahon chempioni unvonini himoya qildi.

Foto: Tamuna Kulumbegashvili / Xinhua

Xitoylik Ju Venjun shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun o‘tkazilgan 12-o‘yinda hamyurti Ley Tingjiyeni mag‘lub etdi. Natijada, umumiy hisob 6,5:5,5 bo‘ldi va Ju Venjun shaxmat tojini o‘zida saqlab qoldi.

Jahon chempioni unvoni uchun bahs ushbu unvonning amaldagi sohibi va nomzodlar turniri g‘olibi o‘rtasida o‘tkazildi.

32 yoshli Ju Venjun 2018 yilda jahon chempioni bo‘lgan edi. 2020 yilda xitoylik shaxmatchi Rossiya vakili Aleksandra Goryachkinani mag‘lub etib, unvonini himoya qilishga erishdi.

Eslatib, o‘tamiz, erkaklar shaxmat toji ham xitoylikka tegishli. 2023 yil aprel oyida Din Lijen rossiyalik Yan Nepomnyashchiy ustidan g‘alaba qozonib, shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioniga aylandi.

Mavzuga oid