O‘zbekiston | 08:02 / 24.07.2023
4385
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Tinchlik instituti vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSh Tinchlik instituti (USIP) loyiha katta koordinatori Barmak Pajvak va yetakchi xodimi Mettyu Parks bilan uchrashdi.

Foto: TIV

TIV ma’lumotiga ko‘ra, Barmak Pajvak O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkam rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga humanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid