Jahon | 12:13 / 26.07.2023
11994
1 daqiqa o‘qiladi

London Qora dengizda vaziyat keskinlashishi xavfi borligini ma’lum qildi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi harbiy harakatlarga aloqador vaziyat bo‘yicha navbatdagi sharhida Rossiyaning Qora dengiz floti Rossiya Ukraina g‘allasini dengiz orqali eksport qilish bo‘yicha kelishuvdan chiqqani hamda Ukrainani blokada qilishni boshlashga tayyorlanayotganidan keyin o‘z pozitsiyasini o‘zgartirganini bildirdi.

Foto: Andrei Pungovschi/Bloomberg

Londonning ta’kidlashicha, «Sergey Kotov» zamonaviy korveti Bosfor va Odessa o‘rtasidagi dengiz yo‘lida patrullik qilish uchun Qora dengiz janubiy qismida joylashgan. 

«U Rossiya Ukrainaga ketayotgan savdo kemalarini tutib olish bo‘yicha operativ guruh tarkibiga kirishi ehtimoli bor», - deya ma’lum qildi Britaniya harbiy razvedkasi. 

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotda, shuningdek, Qora dengiz g‘alla tashabbusi (BSGI) Qora dengizning urushdagi ishtirokini kamaytirgani, ammo hozir mintaqada zo‘ravonliklarning intensivligi va ko‘lamini oshirish ehtimoli borligi ta’kidlangan. 

Mavzuga oid