Jahon | 15:59 / 27.07.2023
15792
5 daqiqa o‘qiladi

Harbiy davrdagi Kiyev hayoti va Donbassdagi rus artilleriyachilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 518-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The New York Times Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujumining asosiy yo‘nalishi Zaporijjya oblastida ekani haqida xabar berdi.
  • Ukraina harbiylari Dnipro, Kiyev va Xarkiv oblastlari hududlarida rossiyaliklarning qanotli raketalarini urib tushirdi.
  • Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shini Rossiyada ishlab chiqarilgan Shahed dronlaridan foydalanishni boshlaganini ma’lum qildi.
  • Smolensk AESni dronlardan himoyalash uchun 350 million rubl yo‘naltirildi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari maxsus xizmatlar Qrim ko‘prigida 2022 yil kuzida ro‘y bergan portlashlarga aloqadorligini tasdiqladi.
  • RF oliy sudi Ukraina urushidagi ishtirok jazodan ozod qiladi, deb hisobladi. Bunday qaror inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan rossiyalik shartnoma asosida xizmat qiluvchi harbiy Vladislav Ustinovni koloniyadan ozod etishga ruxsat berish orqali qabul qilindi.
  • Ukrainalik rusparast jurnalist, Rossiyadagi propaganda tok-shousi ishtirokchisi Yanina Sokolovskaya RF armiyasi to‘g‘risida «feyk» tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi.

Donbass yaqinidagi rossiyalik artilleriyachilar

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Donetsk yaqinidagi RF qo‘shinlari okkupatsiyasi ostidagi Maryinka yo‘nalishida «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimini o‘qlamoqda

Rossiyaning «Grad» tizimidan ukrain pozitsiyalari o‘qqa tutilishi

Front bo‘yidagi shaharlardan qutqarilgan jonivorlar uchun boshpana 

Kramatorskda jonivorlar boshpanasi 2010 yildan buyon ishlamoqda. Hozir bu yerda Ukrainaning harbiy harakatlar ketayotgan turli hududlari, masalan Chasiv Yar, Baxmut, Nyu-York va Konstantinovkadan (barchasi — Donetsk oblastida) qutqarilgan 30 kuchuk va 15 mushuk saqlanmoqda.
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Front chizig‘i yaqinidan qutqarilgan kuchuklar solingan qafas oldidagi ko‘ngilli. «Jonivorlarni himoya qilish jamiyati» fondi asosan xayriya evaziga faoliyat yuritadi
Jose Colon / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyevdagi hayot

 

Kiyev aholisi rossiyaliklar aviazarbasi tufayli e’lon qilingan navbatdagi havo trevogasi chog‘ida «Teatralnaya» metro stansiyasiga tushib yashiringan.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Kiyev aholisi vakillari Podoledagi qum to‘ldirilgan qoplar bilan himoyalangan akademik drama teatri yonidan o‘tmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi cherkov qavmi frontga jo‘natish uchun kamuflyaj to‘r tayyorlamoqda
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti Moshchun qishlog‘i hududida Irpin daryosidan o‘tgan ko‘prikni tiklash ishlari. Konstruksiya 2022 yil martida Kiyev mudofaasi chog‘ida jiddiy shikastlangan. Qishloqning o‘zida ko‘plab uylar vayron bo‘lgan. Rossiya qo‘shini Kiyev oblastidan chekingach, tinch aholi qishloqqa qayta boshladi
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Volodimir soborida 2022 yil avgustida Mikolayiv yaqinida halok bo‘lgan ukrain harbiysi Nikita Krasnovid bilan xayrlashuv marosimi. Uning jasadini qariyb bir yil o‘tgach Kiyevga qaytarish imkoni bo‘ldi
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Odessalik harbiy komissar Yevgeniy Borisov ustidan sud jarayoni. U 188 million grivna (4,5 million yevrodan ortiq) miqdoridagi noqonuniy boylik orttirish hamda xizmatdan bo‘yin tovlashda gumonlanmoqda. Shuningdek, Borisov Ispaniyada ko‘chmas mulkka egalik qilishi ma’lum bo‘lgan. Unga 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Vladimir Shtanko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kiyevda avtobus bekati ortida tanklarga qarshi to‘siqlar
Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid