O‘zbekiston va YeI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Tomas Niklasson o‘rtasida video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan humanitar va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Afg‘on muammosini tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda BMTning yetakchi roli muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar afg‘on muammosi bo‘yicha ham ikki tomonlama asosda, ham Markaziy Osiyo davlatlarining maxsus vakillari darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024