Jahon | 15:39 / 15.08.2023
22913
5 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bo‘ylab zarbalar va Kupyanskdan evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainada urushning 537-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Odessa bo‘ylab yana zarba yo‘lladi. Ukraina QK Shahed rusumli 15 ta dron va «Kalibr» rusumli 8 ta qanotli raketani urib tushirgan. Parchalar supermarket ustiga tushgan.
  • Belgorodda dron hujumi oqibatida o‘n yoshli qiz jarohat olgan.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «Qrim ko‘prigidagi tutun»ni Rossiya jinoyatlariga javob deb atadi.
  • 14 avgust kuni Moskva birjasida dollar kursi 100 rubldan oshdi, yevro kursi 111 rubllik nuqtaga yetdi. 15 avgust kungi navbatdan tashqari yig‘ilishda Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 12 foizga (+3,5) ko‘tardi.
  • Polshada ikki nafar rossiyalik «Vagner XHK propaganda materiallari»ni tarqatishda gumonlanib qo‘lga olindi.
  • Ukraina mudofaa vazirligi Donetsk oblastining Urojayne qishlog‘ida «ma’lum yutuqlar»ga erishilgani haqida xabar berdi. U yerda RF QK istehkomlari joylashgan.
  • Rossiyalik sobiq senator Leonid Lebedev Ukraina prezidentidan o‘ziga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi.

Kun voqeasi. Odessa bo‘ylab zarba

14 avgustga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Odessa bo‘ylab uch bor zarba yo‘lladi. Odessa oblasti harbiy ma’muriyati vakili Sergey Bratchukning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklar avvaliga dronlar bilan, keyin raketalar bilan hujum qilgan. Hujum nishoni - shahar markazi bo‘lgan. Rossiya kuchlari 15 dona zarbdor Shahed-136/131 dronlari va sakkizta «Kalibr» qanotli raketasi qo‘llagan. Dronlar Odessaga Krasnodar o‘lkasidagi Primorsk-Axtarsk bazasidan, «Kalibr»lar — rossiyaliklarning Qora dengiz akvatoriyasidagi fregatidan uchib kelgan.

Ukraina QK «Janub» operativ qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, raketa o‘quv muassasalaridan birining yotoqxonasi va «Fozzi» supermarketiga shikast yetkazgan, bir necha uylarning derazalari sinib ketgan, shuningdek atrofda turgan avtomobillar zararlangan. Ukraina QK dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, supermarket xodimlaridan uch nafari jarohat olgan. Raketa va dron parchalari tushishi oqibatida Odessaning bir qancha rayonlarida yong‘inlar yuzaga kelgan. Qurbonlar haqida xabar berilmagan.

Rossiya zarbasi chog‘ida vayron bo‘lgan savdo markazidagi qutqaruvchilar
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA
Timofey Melnikov
Timofey Melnikov
Timofey Melnikov
Timofey Melnikov
Timofey Melnikov
Timofey Melnikov

Sakkiz yoshli Volodimir Balabanikning dafn marosimi

11 avgust kuni rossiyalik harbiylar Ivano-Frankovsk oblastiga hujum qilgandi. Raketalardan biri Kolomiya shahridagi xususiy uylardan birining hovlisiga kelib tushgan. Shifokorlar sakkiz yoshli Volodimir Balabanikni qutqarib qolishga urinishdi — buning imkoni bo‘lmadi. Kolomiya shahri rahbari 12 va 13 avgustni motam kunlari deb e’lon qildi. 14 avgust kuni Kolomiya yaqinidagi Tsenyava qishlog‘ida bolakayning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

 Zaporijjyadagi xususiy ustaxonada ukrainlar harbiy texnikasi ta’mirlanishi

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Jon laqabli mexanik xususiy ustaxonada ta’mirlangan harbiy mashinani bo‘yamoqda
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblasti Kupyansk shahridan evakuatsiya

Xarkiv oblasti ma’muriyati 9 avgust kuni 2022 yil sentabrida Rossiya okkupatsiyasidan ozod etilgan Kupyansk shahridan majburiy evakuatsiya haqida e’lon qildi. Ukraina hukumati hududda jami 37 ta aholi yashash manzillari aholisini xavfsiz joyga olib ketishni maqsad qilgan. Kupyansk front chizig‘ida joylashgan, RBK Ukraina xabariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda «Liman-Kupyansk yo‘nalishidagi vaziyat yetarlicha keskinlashgan».

Kupyanskda yashovchilar ketgandan keyin huvillab qolgan uy
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Kupyansk aholisi vakillari Ukrainadagi Qizil Xoch jamiyatining tez yordam mashinasida evakuatsiya qilinmoqda
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA
Kupyansklik ayol ketishdan oldin chiroqni o‘chirmoqda
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid