Jahon | 14:59 / 17.08.2023
19778
6 daqiqa o‘qiladi

Ukrainlarning qo‘lbola dronlari va g‘alla tashishni tiklagan kema. Urush suratlari

Ukrainada urushning 539-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina mudofaa vazirligi okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 80 kilometr masofadagi Urojayne posyolkasi ozod etilgani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati CNN jurnalistlariga tajribada bo‘lgan dengiz droni 17 iyul kuni Qrim ko‘prigiga hujum qilgani aks etgan videoni taqdim etdi. UXX rahbari Vasiliy Malyukning ma’lum qilishicha, hujumda 850 kilogramm miqdorda portlovchi moddalar yuklangan Sea Baby suvosti dronidan foydalanilgan. U UXX o‘tgan yil oktyabridagi hujumga ham aloqador bo‘lganini tasdiqlagan va bunday hujumlar davom etishini ma’lum qilgan.
  • Moskva shahri meri Sergey Sobyanin Ukrainada 45 mingga yaqin moskvaliklar jang qilayotganini ma’lum qildi. Uch kun oldin u 30 ming kishi haqida gapirgandi.
  • Moskvada Ukrainaga bosqinning ilk davrida Rossiya qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan, RF mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general-polkovnik Gennadiy Jidko vafot etdi. 58 yoshli generalning o‘limi sababi — uzoq davom etgan kasallik.
  • Peterburga politsiyasi ikki kun ichida RF fuqaroligiga ega 100 dan oshiq migrant harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish uchun harbiy komissariatga yetkazilgani haqida xabar berdi.

Ukrainaliklarning qo‘lbola dronlari

Donetsk oblastidagi ukrain askarlari arzon elektronika va 3D-printerda bosilgan qismlardan qo‘lbola dronlar yig‘ishmoqda. Bunday dronlardan bittasi bir yarim kilogrammgacha portlovchi modda olib yurishi mumkin
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik jangchilar qo‘lbola dronlarni sinovdan o‘tkazmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Askarlar dron parvozga tayyorligini tekshirish uchun unga snaryad o‘rniga suv idishini mustahkamlamoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning qo‘lbola droni Donetsk oblastidagi kungaboqar dalasi ustidan uchmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain askarlari

Ukrainalik harbiylar Kramatorskdan 22 kilometr masofada joylashgan Torske posyolkasiga olib boruvchi yo‘lda yonib ketgan harbiy texnika oldidan o‘tmoqdaa. Rossiya qo‘shini Torskeni 2023 yil iyulida egallashgan
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik jangchilar Torske tomon yo‘lda ketayotgan pikap kuzovida
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar Torske yo‘nalishida o‘ziyurar artilleriya qurilmasidan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyevda harbiy davrdagi yoz

 

Kiyevlik yigit Ukrainaning halok bo‘lgan himoyachilari xotira devoriga «Vishivankadagi megamarsh» tashkilotchisi va Ukraina armiyasi harbiy shifokori, 32 yoshli Andrey Babinskiyning suratini ham ilmoqda, u 8 avgust kuni Zaporijjya oblastidagi janglarda halok bo‘lgan. «Vishivankadagi megamarsh» — ishtirokchilari ukrainlarning milliy libosi bo‘lmish vishivankani kiygan holda o‘z shaharlari ko‘chalaridan yurib o‘tishidir. Bunday tadbirlar 2008 yildan buyon har yili ikki bor (bahor va kuzda) o‘tkazib kelinadi. Masalan, 2023 yilda marsh 18 may kuni Krakovda, 22 may kuni Pragada va 11 iyun kuni Londonda o‘tkazildi.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

 

Qum to‘ldirilgan qoplar bilan himoyalangan bino yonidan o‘tayotgan kiyevlik qizlar
Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik yarador askar sevgilisi bilan Kiyev markaziy ko‘chalaridan birida
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Qora dengizda ukrainlar g‘allasi ortilgan kema

16 avgust kuni ukrainlar g‘allasi ortilgan ilk kema Odessa portidan chiqib yangi humanitar yo‘lak bo‘ylab o‘tgani va allaqachon Ruminiya suvlariga yetib borgani ma’lum qilindi. Germaniyaning Joseph Schulte konteyner kemasi bortida – 30 ming tonnadan ortiq yuk mavjud, jumladan g‘alla ham.

Iyul oyida Rossiya g‘alla kelishuvi muddatini uzaytirishdan bosh tortgandi. Keyinroq Rossiya Ukraina portlariga va teskari yo‘nalishda ketayotgan barcha kemalarni potensial harbiy yuk tashuvchi sifatida ko‘rib chiqishi haqida ogohlantirgan edi.

G‘alla kelishuvi 2022 yil yozida ukrainlarning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini Qora dengizdagi portlardan olib chiqish imkonini bergandi. Kelishuvdan chiqilgach, RF qo‘shinlari Odessa oblastini muntazam o‘qqa tutib, portlar infratuzilmalarini vayron qilishga kirishdi.

Qora dengizda yangi humanitar yo‘lak tashkil etilgani to‘g‘risida Ukraina hukumati 10 avgust kuni e’lon qilgandi. Bu Rossiya bilan kelishilganmi yo‘qmi — aniqlik kiritilmagan. Bayonotda qayd etilishicha, kemalar uchun suvosti minalari bilan bog‘liq xavflar saqlanib qolmoqda, bundan tashqari RF armiyasi tomonidan harbiy tahdidlar ham mavjud.

AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid