Havayida dunyodagi eng katta vulqonlardan biri uyg‘ondi
Kilauea Yerdagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi.
Havayi orollarida dunyodagi eng faol vulqonlardan biri - Kilauea qayta faollashdi.
AQSh Geologiya xizmatining Havayi vulqonlari observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon otilishi mahalliy vaqt bilan soat 03:15 atrofida Havayi vulqonlari milliy bog‘ida joylashgan Kilauea vulqon kraterida boshlangan. Observatoriyaning ta’kidlashicha, «otilish paytida chiqarilgan gazlar vulqon tutunini qo‘zg‘atgan».
Aviatsiya xavfi bo‘yicha qizil kod e’lon qilindi va vulqonning xavf uyg‘otish holati «ogohlantirish»gacha ko‘tarildi.
Kilauea - Havayida quruqlikdagi vulqonlarning eng yoshi va Yerdagi eng faol vulqonlardan biri. U 1983 yildan beri otilib chiqyapti.
Kilauea cho‘qqisining vulqon kraterida avvalgi otilish 2023 yil 7 iyun kuni sodir bo‘lgan va uning faolligi 21 iyunda to‘xtagan.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
22:10 / 27.10.2024
Indoneziyada vulqon otilishni boshladi
10:06 / 23.08.2024