Iqtisodiyot | 07:41 / 22.09.2023
21178
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo hamkori bo‘lib qoldi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Shutterstock

2023 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 8,3 mlrd dollar. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 6,2 mlrd hamda 2,9 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi: 

  • Turkiya – 2,1 mlrd;
  • Koreya – 1,5 mlrd;
  • Germaniya – 708 mln;
  • Qirg‘iziston – 679 mln;
  • Fransiya – 582 mln;
  • Afg‘oniston – 544 mln;
  • Turkmaniston – 517 mln.

Mavzuga oid