Jahon | 13:57 / 29.09.2023
4771
2 daqiqa o‘qiladi

Sudanda denge bezgagi bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda

Kasallik 15 apreldan beri hukumat qo‘shinlari va Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotgan mamlakat sharqida keng tarqalgan.

Foto: AP

Yil boshidan beri Sudanda 1000 ga yaqin denge bezgagi bilan kasallanish holati aniqlangan va xavfli virus tufayli 11 kishi vafot etgan. Bu haqda Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida aytiladi

Hisobotga ko‘ra, 8 shtatda kasallik yuqtirish olish holatlari qayd etilgan. Aksariyat holatlar sharqiy Al-Gedaref shtatida aniqlangan. 

Idora fuqarolarni ehtiyot choralarini ko‘rishga va tibbiyot muassasalari tavsiyalariga amal qilishga chaqirdi. 

Bir kun avval Sudan Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 21 kishi vabodan vafot etgani haqida xabar bergan edi. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 15 apreldan beri hukumat qo‘shinlari va Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotgan mamlakat sharqida vabo va denge bezgagi holatlari tez-tez uchrab turadi. 

Sudan shifokorlari assotsiatsiyasi xalqaro tashkilotlarni mamlakatga vabo, denge bezgagi, qizamiq va bezgak epidemiyasiga qarshi kurashda yordam berishga chaqirdi. 

Mavzuga oid