O‘zbekiston | 10:21 / 04.10.2023
4386
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro sammit bo‘lib o‘tmoqda

«Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo, CSS 2023» I xalqaro kiberxavfsizlik sammitida 24 mamlakatdan 130 ta kompaniyalarning 250 dan ortiq delegatlari ishtirok etmoqda.

Foto: Telegram / cyberparkuz

Joriy yilning 3-4 oktabr kunlari Toshkent shahrida «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevrosiyo, CSS 2023» I xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tyapti

Tadbir «Kiberxavfsizlik markazi», Cyberpark Dialogue Evens kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xalqaro sammitda 24 mamlakatdan 130 ta kompaniya, 250 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.

Xususan, Ummon, Ozarboyjon, Turkiya, Gurjiston, Yaponiya, Turkmaniston, Qozog‘iston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning tartibga soluvchi organlari va xalqaro tashkilotlar - Xalqaro elektr-aloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT qatnashyapti.

Mavzuga oid