HAMAS Isroilga hujum qildi, Isroil G‘azoni bombardimon qilmoqda. Fotosuratlar
G‘azodagi falastinliklar Isroilga hujum qilishi oqibatida o‘nlab kishi halok bo‘lib, yuzlab kishilar yaralangan. Isroilda favqulodda holat e’lon qilingan.
7 oktyabr tongida Isroil hududiga G‘azo bo‘lgasidan turib yoppasiga raketa zarbalari berildi. G‘azoni idora qiluvchi HAMAS tashkilotining bir necha qurollangan guruhi Isroil hududiga bostirib kirgan. Ular ko‘chalarda avtomobillarni o‘qqa tutgan va mahalliy aholi vakillarini garovga olgan. HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xaniya va tashkilotning harbiy qanoti rahbari Muhammad Deyf bu amaliyotni «Al-Aqso to‘foni amaliyoti» deb atagan. Harbiy harakatlar vaqtida o‘nlab isroilliklar halok bo‘lib, yuzlab kishi yaralangan. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakat HAMAS bilan urush holatida ekanini e’lon qildi. Hujumdan bir necha soat o‘tib, isroilliklar aviatsiyasi ham G‘azodagi nishonlarga zarba berishni boshladi.
Mavzuga oid
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
09:46 / 12.11.2024
ADL va IHT Isroilni G‘azodan chiqib ketishga chaqirdi
19:17 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topilishi muhimligini ta’kidladi
12:00 / 11.11.2024