O‘zbekiston hududlaridan Eronga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Ardabil va Shahrisabz o‘rtasida birodarlashuv aloqalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Joriy yil 5 oktyabr kuni Eronning Ardabil shahrida o‘tkazilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar turizm vazirlarining 5-yig‘ilishida O‘zbekistonning Erondagi elchisi Bahodir Abdullayev boshchiligidagi vakolatxona delegatsiyasi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Tadbir yakuni bo‘yicha Ardabil deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatda 2022 yil 13 dekabr kuni O‘zbekiston raisligida o‘tkazilgan IHTga a’zo davlatlar turizm vazirlarining 4-yig‘ilishi va uning doirasida qabul qilingan "IHT mintaqasida COVID-19 pandemiyasidan keyin turizm sohasini jadal tiklash, xavfsiz va beqaror rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ijrosining ijobiy natijalari qayd etilgani barobarida, Shahrisabz shahri 2024 yilda IHT turizm poytaxti, deb e’tirof etilgani munosabati bilan qutlandi.
Shuningdek, O‘zbekistonga 2023 yilda Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) 25-sessiyasiga mezbonlik qilayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Tadbir doirasida Ardabil gubernatori Seyid Hamed Ameliy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ardabil va Shahrisabz o‘rtasida birodarlashuv aloqalarini o‘rnatish hamda iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirish taklifi ilgari surildi, O‘zbekiston viloyatlari va Ardabil shahri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirish masalasi ham muhokama etildi.
Eronning turizm sohasi vakillari 2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tajak Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) 25-sessiyasi doirasidagi tadbirlarga, jumladan, investforumga taklif etildi.
Mavzuga oid
23:14 / 19.11.2024
Eron uranni boyitishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi - OAV
21:44 / 19.11.2024
Kanadada sobiq adliya vaziriga suiqasdning oldi olindi
19:09 / 19.11.2024
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54 / 19.11.2024