TikTok O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
Ushbu ijtimoiy tarmoq 2021 yilning yozidan beri O‘zbekistonda rasman bloklangan.
TikTok PTE LTD kompaniyasi (Singapur) O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasida keltirib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga cheklov qo‘yilgandi. Bunga “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab bo‘lgandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlar jisman O‘zbekiston hududida joylashgan serverlarda saqlanishi belgilangan. Bu talabni ayni paytgacha birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani ma’lum emas.
2021 yilning 3 noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham to‘siq qo‘yilgan va bu katta rezonansni keltirib chiqargan edi. Natijada to‘siq shu kunning o‘zida olib tashlanib, qator mansabdorlar ishdan olingandi.
Ayni paytda Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida faqat TikTok qolgan.
Mavzuga oid
23:30 / 07.11.2024
Kanada TikTokʼdan mamlakatdagi bo‘linmasini yopishni talab qildi
20:12 / 29.10.2024
TikTok asoschisi Xitoyning eng badavlat insoniga aylandi
21:29 / 21.09.2024
TikTok AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlarini o‘chirib tashladi
00:06 / 10.08.2024