Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib bordi
Tashrif doirasida 17-18 oktyabr kunlari davlat rahbari Xitoy raisi bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahriga keldi.
“Shoudu” xalqaro aeroportida davlat rahbarini XXR favqulodda vaziyatlar vaziri Van Syansi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif doirasida 17-18 oktyabr kunlari davlat rahbari XXR raisi Si Tszinpin va Xitoy xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston yetakchisi “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilishida ishtirok etadi va yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.
Mavzuga oid
23:34 / 19.11.2024
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
22:10 / 19.11.2024
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
19:03 / 19.11.2024
Honkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi
18:56 / 19.11.2024