Eron va O‘zbekiston o‘zaro sayyohlik vizasini bekor qilishi mumkin
Turizmni rivojlantirish maqsadida ikki davlat fuqarolariga yengillik berilishi rejalashtirilmoqda.
Eron turizm vaziri Izzatulloh Zurg‘omiy 17 oktyabr kuni Tehron O‘zbekiston bilan viza rejimini o‘zaro asosda yengillashtirishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Tehran Times xabar berdi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda so‘zlagan Zurg‘omiy Eron ikki davlat o‘rtasida sayyohlik (turizm) vizasini bekor qilish bo‘yicha kelishuv imzolanganini olqishlashini aytdi.
Zurg‘omiy Samarqandda ikki davlat tomonidan turizm aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha dastlabki ishlar olib borilganini qayd qildi va «biz Eronda ikki davlat o‘rtasidagi [sayyohlik] vizalarini bekor qilish yo‘llarini izlayapmiz», dedi.
Abduhakimov, o‘z navbatida, uchrashuvda muhokama qilingan mavzular kelajakda «yaxshi natija» berishiga umid bildirgan.
Zurg‘omiy 18-19 oktyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etdi.
Zurg‘omiyning o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, Eron chegaralarni yumshatish siyosatini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra 60 davlat pasporti egalari uchun viza talablarini bir tomonlama bekor qilishi mumkin. Ro‘yxatda O‘zbekiston bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
19:09
Tramp Moskva va Tehronning ittifoqini parchalay oladimi?
11:54
Britaniya RFga qurol yetkazib bergani uchun Eronga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024