Falastin bo‘yicha sammit ishtirokchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi
Arab va Yevropa delegatsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli yakuniy bayonot bo‘lmaydi.
Falastin bo‘yicha Qohira sammitida arab va yevropalik ishtirokchilar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keldi va bu yakuniy bayonotni qabul qilishga to‘siq bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
«Qohira tinchlik sammitida arab va Yevropa delegatsiyalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tufayli yakuniy bayonot bo‘lmaydi», deb ta’kidladi telekanal.
Qayd etilishicha, mojaroga «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqi»ni shakllantirish va Falastinning HAMAS guruhi harakatlarini qoralash masalasi sabab bo‘lgan. Jumladan, yevropaliklar faqat HAMAS harakatlarini qoralash tarafdori bo‘lgan.
Avvalroq Iordaniya qiroli Abdulloh II bin Husayn Qohiradagi sammitda falastinliklarni deportatsiya qilish g‘oyasini qoralagan edi. Monarxga ko‘ra, Falastin xalqining majburan ko‘chirilishi harbiy jinoyat hisoblanadi.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jyeyms Kleverli Isroil hukumatini vazminlik ko‘rsatishga va xalqaro gumanitar qonunlarni hurmat qilishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 16.11.2024
HRW Isroilni G‘azo sektoridagi falastinliklarni majburan ko‘chirganlikda aybladi
09:20 / 16.11.2024
Yevropada yakkalanayotgan Isroil futboli
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
20:37 / 15.11.2024