O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 5,8 foizga o‘sdi
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 20,7 mln so‘m (1 789,5 AQSh dollari)ni tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 751 trln so‘mni tashkil etdi.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘rtacha almashuv kursi (11 556,2 so‘m) bo‘yicha qariyb 65 mlrd AQSh dollariga teng.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sgan.
2023 yilning yanvar-sentabr oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 20,7 mln so‘m (1 789,5 AQSh dollari)ni tashkil etib, 2022 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,6 foizga oshgan.
Mavzuga oid
10:08 / 02.09.2024
7 oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist keldi
12:30 / 01.09.2024
O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelganlar soni 51,4 ming nafarga oshgan – Statistika agentligi
22:16 / 30.08.2024
Bu yil Yaponiyada 40 mingga yaqin odam uyida yolg‘iz vafot etdi
21:03 / 28.08.2024